O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullik mansabdor shaxslarining imtiyozlari va immunitetlari


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

13-modda. Konsullik mansabdor shaxslarining imtiyozlari va immunitetlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning akkreditatsiya qilingan oila a’zolari
konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari
hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi
bo‘lgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga
muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari konsullik muassasasi joylashgan
davlatning qonunlari va qoidalariga rioya etishi, mahalliy urf-odatlarni hurmat qilishi hamda
konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb qaralishi mumkin bo‘lgan
har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
4-bob. Konsullikning funksiyalari


14-modda. Konsullikning mansabdor shaxslari tomonidan konsullik funksiyalarini
bajarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi ushbu Konsullik ustavida, O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligida hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat
ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan funksiyalarni bajaradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi, agar O‘zbekiston Respublikasining hamda konsullik
muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va
konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga zid bo‘lmasa,
ushbu Konsullik ustavida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
(14-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan davlatlarda
konsullikning mansabdor shaxsi zimmasiga konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi
bilan diplomatik funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
Konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan boshqa davlatning konsullik funksiyalarini
bajarish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga binoan va konsullik
muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini uchinchi davlatda faqat O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining topshirig‘iga binoan, konsullik muassasasi joylashgan davlat
va uchinchi davlat xabardor qilinganidan keyin, agar mazkur davlatlar bunga qarshi e’tiroz
bildirmasa, bajaradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini bajarish chog‘ida o‘z konsullik okrugi
doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan konsullik
muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlariga murojaat etishi mumkin.
Zarur hollarda, konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugini aylanib chiqadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq konsullik muassasasining boshlig‘iga,
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi
boshlig‘iga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat
qilinishi mumkin.
(14-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling