O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida
-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
Download 189.81 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
27-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirish siriga rioya etishi shart. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish sirining oshkor etilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgar bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasi . Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z nomiga va o‘z nomidan, o‘zining xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Oldingi tahrirga qarang. Konsullikning mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi hollarda notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etadi, agar: bunday harakatni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lsa; (27-modda uchinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlarga ega bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etgan bo‘lsa; yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. bitim O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikning talablariga nomuvofiq bo‘lsa; notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga nomuvofiq bo‘lsa. (27-modda uchinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar taqdim etilgan hujjatlardan ularning qalbakilashtirilganligi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bu haqda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga nomuvofiq deb hisoblanadi. (27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi to‘g‘risida konsullikning mansabdor shaxsi murojaat etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay qaror chiqaradi va uni notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat etgan shaxsga beradi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega: 1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va boshqalarni) tasdiqlash, bundan O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno; 2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash; 3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash; 4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash; 5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash; 6) meros qilib qoldirilgan mol-mulkni qo‘riqlash choralarini ko‘rish; 7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish; 8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish; 9) hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash; 10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlash; 11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash; 12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib olish; 13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib olish; 14) ijro xatlarini yozish; 15) dengiz protestlarini amalga oshirish. Oldingi tahrirga qarang. Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (27-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga . Konsullik muassasasida notarial ish yuritish O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi. Zarur hollarda hujjatlar boshqa tillarda ham rasmiylashtirilishi mumkin. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat tili bo‘lib o‘zbek tili hisoblanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ”. Download 189.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling