O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida
-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi havo, dengiz va daryo kemalariga
Download 189.81 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
31-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi havo, dengiz va daryo kemalariga,
shuningdek avtomobil va temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli funksiyalari Oldingi tahrirga qarang. Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar hamda immunitetlar berilishini kuzatib boradi. (31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari bilan munosabatlarda yordam ko‘rsatishi, shuningdek zarur bo‘lgan taqdirda havo kemasi, uning ekipaji va yo‘lovchilarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoki parvozni davom ettirish choralarini ko‘rishi kerak. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega: havo kemasining aeroportga uchib kelishiga, undan uchib ketishiga va havo kemasining aeroportda turishiga ko‘maklashish; havo kemasida yuz bergan hodisalarning holatlarini aniqlashtirish, havo kemasining komandiridan, ekipaji a’zolaridan va yo‘lovchilaridan so‘rab-surishtirish; havo kemasi, undagi yuk va reys to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; zarur bo‘lgan taqdirda havo kemasi ekipaji a’zolari va yo‘lovchilarining davolanishini hamda O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natib yuborilishini ta’minlash choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, pochta va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga boradigan O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarida jo‘natib yuborish; Oldingi tahrirga qarang. havo kemalariga taalluqli bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki qonunchiligida nazarda tutilgan deklaratsiyani yoxud boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash. (31-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Konsullik okrugi doirasida havo kemasi falokatga uchragan, qo‘nishga majbur bo‘lgan yoki boshqa hodisa sodir bo‘lgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasining komandiriga, ekipajiga va yo‘lovchilariga zarur yordam ko‘rsatadi. Konsullikning mansabdor shaxsi falokatga uchragan yoki qo‘nishga majbur bo‘lgan havo kemasini, hodisa xususiyatidan dalolat beruvchi yuklar va ashyoviy dalillarni qo‘riqlash choralarini ko‘radi hamda uchish vaqtida yuz bergan hodisani tekshirishda O‘zbekiston Respublikasining mutaxassislariga yordam ko‘rsatadi. Oldingi tahrirga qarang. Havo kemasining bortida jinoyat sodir etilgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va qonunchiligidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda havo kemasining komandiriga ko‘maklashadi. (31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar konsullikning mansabdor shaxsida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining muayyan aeroportga kirishi xatarli, nomaqbul bo‘lsa yoki mumkin bo‘lmasa, konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasi komandirini bu haqda ogohlantirishi shart. Konsullikning mansabdor shaxsi dengiz va daryo kemalariga, avtomobil va temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli konsullik funksiyalarini bajarish chog‘ida ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlari qoidalariga amal qiladi. Dengiz yoki daryo kemasi chet elda olingan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi. Mazkur vaqtinchalik guvohnoma berilgan paytdan e’tiboran to dengiz yoki daryo kemasi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar, lekin berilgan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnomani rasmiylashtirish uchun arizachi dengiz yoki daryo kemasini olish asoslariga bog‘liq holda hujjatlarni konsullikning mansabdor shaxsiga taqdim etadi. Download 189.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling