Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar,
qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda yoki ularning vujudga kelish xavfi
bo‘lganda, shuningdek terrorchilik harakatlari sodir etilganda yoki ularning sodir etilish xavfi
bo‘lganda konsullik okrugi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur bo‘lgan
taqdirda, O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining yaqin xavfsiz zonaga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularning O‘zbekiston
Respublikasiga qaytarilishini ta’minlash, shuningdek halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining tanalarini O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish bo‘yicha choralar ko‘radi.
33-modda. Konsullikning sanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
Konsullik okrugi doirasida karantinli yuqumli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda konsullikning
mansabdor shaxsi kasallik tarqalgan hududning nomini, kasallikka chalinganlar sonini va konsullik
muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilayotgan
epidemiyaga qarshi tadbirlarni ko‘rsatgan holda bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: