O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

28-modda. Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish
yuzasidan konsullikning funksiyalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish hujjatlardagi
hamda dalolatnomalardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatni yoki dalolatnomani imzolagan
shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan
muhr yoki shtampning haqiqiyligini hamda bu hujjatlar va dalolatnomalarning konsullik
muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiqligini aniqlash va shahodatlashdan
iboratdir. Konsullik tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro
munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va tashkilotlari chet davlatning muassasalari hamda
tashkilotlaridan jo‘natiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni ular konsullik tomonidan
legallashtirilgan taqdirdagina, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki O‘zbekiston
Respublikasi hamda muassasalari va tashkilotlaridan mazkur hujjatlar va dalolatnomalar
jo‘natiladigan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugidagi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida
tuzilgan yoki ushbu hokimiyat organlaridan jo‘natiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni
legallashtiradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elning rasmiy hujjatini legallashtirishni amalga oshirishi
uchun mazkur hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi yoki boshqa tillardagi notarial
tartibda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Quyidagi hujjatlar va dalolatnomalar konsullik tomonidan legallashtirilmaydi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan hujjatlar va dalolatnomalar;
(28-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z mazmuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
hujjatlar va dalolatnomalar;
noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan
ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar va dalolatnomalar.
Agar hujjatga yoki ushbu hujjatga biriktirilgan varaqqa apostil qo‘yilgan bo‘lsa, bu hujjatni
legallashtirish talab etilmaydi.


Konsullikning mansabdor shaxsi apostil qo‘yilgan hujjatlarni, agar apostil O‘zbekiston
Respublikasi bilan munosabatlarda chet elning rasmiy hujjatlarini legallashtirishga doir talabni rad
etadigan Konvensiya qo‘llaniladigan chet davlatning vakolatli organi tomonidan qo‘yilgan bo‘lsa,
qabul qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Konsullik legallashtirish to‘g‘risidagi 
yo‘riqnoma
” (ro‘yxat 313-son 12.03.97y.).

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling