O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

24-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda
sudlarining topshiriqlarini bajarishga taalluqli funksiyalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda
sudlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususidagi topshiriqlarini O‘zbekiston Respublikasi
va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki,
agar bunday shartnomalar mavjud bo‘lmasa, konsullik muassasasi joylashgan davlatning
qonunchiligiga zid bo‘lmagan har qanday boshqacha tartibda bajaradi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini va O‘zbekiston
Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga
ko‘maklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik
vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga saylov huquqlarini
va O‘zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga
ko‘maklashish bo‘yicha funksiyalar konsullik muassasasi tomonidan bajariladi.


Konsullik muassasasidagi saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuziladigan saylov
uchastkasini (referendum uchastkasini) saylov okrugiga (okrugga) qayd etish to‘g‘risidagi masala
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Konsullik muassasasining boshlig‘i:
uchastka saylov komissiyasi (uchastka komissiyasi) raisining vazifalarini amalga oshiradi;
saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini (referendum uchastkasi bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxatini) tuzish uchun ma’lumotlarni taqdim etadi;
saylovchilarning ro‘yxati (ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati) bilan tanishish joyi va vaqti haqida
saylovchilarni (fuqarolarni) xabardor qiladi;
saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) tuzilganligi to‘g‘risida konsullik muassasasi
joylashgan davlatning hokimiyat organlarini rasman xabardor qiladi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling