21-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ko‘maklashish
yuzasidan konsullikning funksiyalari
Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan, odam savdosidan jabrlangan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarning O‘zbekiston Respublikasiga qaytishiga ko‘maklashadi,
ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, ularning shaxsini va
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘radi
hamda konsullik yig‘imlarini va boshqa yig‘imlarni undirmasdan ularga O‘zbekiston Respublikasiga
qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga
O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligi haqida
ma’lumotlar taqdim etadi;
(21-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlanganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot
taqdim etadi.
22-modda. Vizalarni rasmiylashtirish va berish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Oldingi
tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish uchun
vizalarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va beradi, bundan elektron vizalar
mustasno.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |