hujjatlari to‘g‘risida, shuningdek mahalliy urf-odatlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida turgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolariga madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda ko‘maklashadi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning muassasalarida,
agar ushbu davlatda fuqaro yoki yuridik shaxsning vakili mavjud bo‘lmasa va u ish yuritishni o‘zga
shaxsga topshirmagan bo‘lsa yoxud boshqa sabablarga ko‘ra o‘zining
qonuniy manfaatlarini
himoya qilishga qodir bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari
nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolari yoki yuridik shaxslari o‘z vakillarini tayinlaguniga qadar yoxud o‘z huquq va manfaatlarini
himoya qilishni o‘z zimmasiga olguniga qadar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: