41-modda. Faxriy konsulning funksiyalari
Faxriy konsul quyidagi konsullik funksiyalarini bajarishi mumkin:
konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining
huquqlari hamda qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
konsullik okrugi hududida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarini qidirish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
konsullik okrugi hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning o‘z
saylov
huquqlarini va O‘zbekiston Respublikasining referendumlarida ishtirok etishga bo‘lgan
huquqini
amalga oshirishda konsullik muassasasi bilan kelishuvga ko‘ra ko‘maklashish;
konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan, ustidan vasiylik va homiylik belgilanishi talab
qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari
hamda qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
konsullik okrugi hududida turgan O‘zbekiston
Respublikasining havo,
dengiz va daryo
kemalariga, avtomobil hamda temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga, shuningdek
ularning ekipajlari va yo‘lovchilariga zarur yordam ko‘rsatish.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va O‘zbekiston
Respublikasining
qonunchiligida Faxriy konsulning boshqa funksiyalari nazarda tutilishi mumkin.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)