34-modda. Konsullikning fitosanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
Konsullik
okrugi
doirasida
o‘simliklar
zararkunandalari,
o‘simliklar
kasalliklarini
qo‘zg‘atuvchilar, karantin ahamiyatiga ega o‘simliklar-begona o‘tlar paydo bo‘lgan taqdirda
konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga
xabar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda
konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chog‘ida
o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va xomashyosi uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlarini,
pestitsidlar va (yoki) agroximikatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni
ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga
urug‘liklar, o‘simliklar, ko‘chatlar, yangi meva va sabzavotlarni olib kirish qoidalari to‘g‘risida
xabardor qiladi.
35-modda. Konsullikning veterinar himoya sohasiga oid funksiyalari
Konsullik okrugi doirasida hayvonlarning umumiy kasalliklari tarqalishi xavfi bo‘lgan yoki
tarqalgan, shuningdek inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lgan
yoki tarqalgan hollarda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda
konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chog‘ida
hayvonlar, chorva mahsulotlari va xomashyosi uchun tegishli veterinariya sertifikatlarini ko‘rsatish
zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga hayvonlarni
olib kirish qoidalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
36-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi funksiyalarining tugatilishi
Konsullik mansabdor shaxsining funksiyalari quyidagi hollarda tugatiladi:
u chaqirib olinganda;
ekzekvatura bekor qilinganda;
konsullik muassasasi yopilganda;
konsullik munosabatlari tugatilganda.
Oldingi
tahrirga qarang.
Konsullik mansabdor shaxsining funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |