O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Hujjatlarni talab qilib olish yuzasidan konsullikning funksiyalari


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

29-modda. Hujjatlarni talab qilib olish yuzasidan konsullikning funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning arizalari bo‘yicha konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining davlat
organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar va tashkilotlardan
fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi, ma’lumoti haqidagi,
mehnat staji to‘g‘risidagi hamda arizachilarning huquqlari va manfaatlariga taalluqli boshqa
hujjatlarni talab qilib oladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning arizalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
muassasalar hamda tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib
tushadigan so‘rovlari bo‘yicha konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlaridan
arizachilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli hujjatlarni talab qilib oladi.
30-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasining farzandlikka olingan voyaga
yetmagan fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik
belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
Konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, ota-
onasi homiyligidan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar, O‘zbekiston Respublikasining
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda o‘z
majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga
nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini ko‘radi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosini farzandlikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning iltimosiga ko‘ra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka olishning
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sud tartibi to‘g‘risida xabardor qiladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi konsullik okrugi hududida ota-onasi
homiyligidan mahrum bo‘lib qolganligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan konsullikning
mansabdor shaxsi bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi,
O‘zbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga
ko‘maklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini
ko‘radi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling