26-modda. Konsullikning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish yuzasidan
funksiyalari
Konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi:
tug‘ilish;
nikoh tuzish;
nikohni bekor qilish;
o‘lim.
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolaridan, fuqarolik holatini O‘zbekiston Respublikasida qayd etgan chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan dalolatnomalar yozuvlariga o‘zgartishlar, tuzatishlar
hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, dalolatnomalar yozuvlarini qayta tiklash haqidagi,
shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar
bilan birga qabul qilib oladi hamda ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga
topshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsiga murojaat etgan shaxslardan biri O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi, boshqasi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan hollarda fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari, basharti fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
konsullik muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga zid bo‘lmasa, hal etiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining oila
to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro
shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(26-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish
qoidalari
”.
Do'stlaringiz bilan baham: |