O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-yanvar,
O‘RQ-517-son
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi
Ushbu Konsullik ustavi konsullik faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va huquqiy
asoslarini, konsullik mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va
manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida himoya qilishga doir
vazifalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar


1-modda. Konsullik faoliyatining asosiy vazifalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish,
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan
davlatning qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat
ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan to‘liq hajmda foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan choralar ko‘rish maqsadida
amalga oshiriladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik
hamda do‘stona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy
aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish uchun yo‘naltirilgandir.
2-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asosi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
, xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga,
ushbu Konsullik ustaviga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga
muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hisobga olingan holda amalga
oshiriladi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling