O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

10-modda. Konsullik arxivi
Konsullik muassasasining barcha hujjatlari, xat-xabarlari, kitoblari, audio- va videomateriallari,
elektron axborot tashuvchilari, reyestrlari shifrlar va kodlar, muhrlar va shtamplar, kartotekalar


hamda ularning but saqlanishi yoki asralishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan har qanday jihozlash
ashyolari bilan birgalikda konsullik arxivi hisoblanadi.
Konsullikning mansabdor shaxslari konsullik arxivining daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha
choralar ko‘rishi shart.
3-bob. Konsullikning mansabdor shaxslari
11-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi
Konsullikning funksiyalarini bajarishga vakolatli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
konsullikning mansabdor shaxsi bo‘lishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi lavozimiga nomzodlarga doir talablar qonunchilikda
belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Konsullik muassasasining boshlig‘i
Konsullik muassasalarining boshliqlari quyidagi darajalarga bo‘linadi: bosh konsullar,
konsullar, vitse-konsullar, konsullik agentlari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik muassasasining boshlig‘i konsullik muassasasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi,
konsullik muassasasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar
bo‘ladi, konsullik muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik muassasasining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan
lavozimga tayinlanadi va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi (ekzekvaturasi)
olinganidan keyin o‘z funksiyalarini bajarishiga yo‘l qo‘yiladi. Uning tayinlanganligi to‘g‘risida
konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari xabardor qilinadi.
Konsullik muassasasining boshlig‘i lavozimga tayinlanayotganida O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligidan konsullik patentini oladi, patentda uning konsullik okrugi ko‘rsatiladi.
Konsullik muassasasining boshlig‘i konsullik funksiyalarini shaxsan bajaradi yoki ularni
bajarishni konsullikning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Agar konsullik muassasasining
boshlig‘i biron-bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmaydigan bo‘lsa yoki konsullik
muassasasining boshlig‘i lavozimi vaqtincha bo‘sh turgan bo‘lsa, konsullik muassasasining boshlig‘i
majburiyatlarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki O‘zbekiston Respublikasining
konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor
shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi
diplomatik xodimlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling