O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullik muassasalarining darajalari


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

6-modda. Konsullik muassasalarining darajalari
Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga bo‘linadi:
bosh konsullik muassasalari;
konsullik muassasalari;
vitse-konsullik muassasalari;
konsullik agentliklari.
7-modda. Konsullik muassasasini ochish
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashadigan davlat hududida shu davlatning
roziligi bilan ochiladi.
Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ochiladi.
Konsullik muassasasining joylashish eri, ushbu muassasaning darajasi va konsullik
funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratiladigan konsullik okrugi konsullik
muassasasi joylashadigan davlat bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Konsullik muassasasining joylashgan erini, ushbu muassasaning darajasini va konsullik
okrugini keyinchalik o‘zgartirish faqat konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan
amalga oshirilishi mumkin.
8-modda. Konsullik muassasalarining imtiyozlari va immunitetlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi
joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi
joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat
ramzlaridan foydalanish
Konsullik muassasasi o‘zi egallab turgan binoga O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
tasviri tushirilgan hamda qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va konsullik
muassasasi joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha o‘rnatish
huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda konsullik muassasalarining
binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida, shuningdek konsullik muassasalari
boshliqlarining xizmat xonalarida ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravishda konsullik muassasasi
binosining old tomoniga, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalariga
joylashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, diplomatik protokol qoidalari, shuningdek konsullik
muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hamda urf-odatlari inobatga olinishi kerak.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni 
4-
moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni 
5-moddasi
.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling