Davlatning belgilarini atroflicha muhokama qilish orqali mazkur masalaga baho bering
Download 21.87 Kb.
|
Bozorboyev Shaxobiddinning DHNdan yechgan kazusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning belgilarini atroflicha muhokama qilish orqali mazkur masalaga baho bering Birinchi muammo
- Kelzenning (legistik yondashuv vakili) fikricha
- Yana bir huquqshunois olim X.Odilqoriyevning fikricha
- Bizningcha
Kazus-1 Davlatning belgilari davlatning jamiyatdagi barcha davlatga muayyan darajada yaqin va o`xshash bo`lgan boshqa tashkilotlardan farqlash imkonini beradi. “Ommaviy hokimyat”, “davlat tuzilmalari”, “siyosiy tashkilotlar” singari bir qator tushunchalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, yondashuvlari turli-tuman bo`lsada, ularni umumlashtirib asosiy belgilarni ko`rsatish mumkin. Shu bilan birga, har bir mustaqil davlat, birinchi navbatda, davlatning qo`shimcha belgilari (ramzlari) hisoblangan davlat bayrog`, gerbi, madhiyasiga ega. Ayrim huquqshunos olimlar davlatning belgilari mavjud bo`lishi bilan bir qatorda boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinishi lozimligini qayd etishadi. Davlatning belgilarini atroflicha muhokama qilish orqali mazkur masalaga baho bering Birinchi muammo: Davlat o`zi nima Ikkinchi muammo: Mustaqil davlatning belgilari Birinchi muammoga to`xtaladigan bo`lsak, huquqshunos olim Sh.Saydullayevning fikricha, davlat bu ikki xil mazmunda keladi. Davlat-(umumijtimoiy mazmunda) - bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turuvchi siyosiy tashkilot; Davlat-(yuridik mazmunda) - bu muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga oshiradigan, umummajburiy normalar o'rnatadigan va suverenitetga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot.1 Kelzenning (legistik yondashuv vakili) fikricha, davlat so‘zi ko'pincha jamiyatni ifodalaydi, ba’zan esa millat yoki muayyan hududni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. Davlatning ta’rifi yuzasidan yagona ta’rifning mavjud emasligiga sabab olimlar tomonidan muayyan hodisalarni ifodalaydigan turli atamalarni bir xil ma’noda yoki aksincha bir xil ma’nodagi atamalarni turli mazmunda qo‘llashlari hamdir. Shuningdek, davlat mohiyati uning rivoji davomida o'zgarib borishi natijasida unga turli ta’riflarning berilishiga sabab bo‘ladi. Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi», «normativ tartib», «siyosiy tashkillangan jamiyat», «davlathokimiyat» sifatida ta’riflaydi. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xarakterga ega va u, avvalo, siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo'ladi, chunki u qonunda belgilangan tartib va asoslarga tayangan holda ayrim holatlarda «kuch, majburlov ishlatish tartibi»ni belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol huquqqa ega»2 deb ta`rif bergan. Yana bir huquqshunois olim X.Odilqoriyevning fikricha, davlat - jamiyatdan alohida mustaqil tuzilma emas, balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo'lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a'zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o'zaro bo'ysunish va boshqarilishini ifo- dalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to'g'risida so'z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat'iy huquqiy normalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisa(tashkilot)dir.3 Bizningcha, davlat bu- o’z hududida istiqomat qilayotgan aholisiga ega bo`lgan, o’zining boshqaruv hokimyatiga, o`z ramzlariga va o`z suverenitetiga ega bo’lgan, o`zining aholisining manfaatlarini ko`zlab boshqa davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo`lgan siyosiy tashkilotdir. Download 21.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling