Davlatning belgilarini atroflicha muhokama qilish orqali mazkur masalaga baho bering


Ikkinchi muammoga to`xtaladigan bo`lsak


Download 21.87 Kb.
bet2/3
Sana22.01.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1109796
1   2   3
Bog'liq
Bozorboyev Shaxobiddinning DHNdan yechgan kazusi

Ikkinchi muammoga to`xtaladigan bo`lsak, mustaqil davlatning belgilari bu uning bayrog`i, gerbi, madhiyasi va uning suverenitetidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi Asoslari to`g`risidagi qonunning 1-moddasida-O`zbekiston Respublikasi, o`zining tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokiratik davlatdir4.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bobi “Davlat suvereniteti” ga bag`ishlangan va bu bob oltita moddani o`z ichiga oladi. Konstitutsiyamizning 1-moddasida: O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Konstitutsiyaning 2-moddasida: Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 3-moddasida: O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. Konstitutsiyaning 4-moddasida: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Konstitutsiyaning 5-moddasida: O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Konstitutsiyaning 6-moddasida: O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri5. Huquqshunos olim X.Odilqoriyevning fikricha; Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda davlatning asosiy belgilari sifatida davlat suvereniteti, davlatning nomi, bayrog‘i, gerbi, poytaxti va konstitutsiyasining mavjudligi ham qayd etilgan. Biroq, bunday fikrlarni quvvatlab bo‘lmaydi. Davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi belgi-xususiyat emas, balki davlatning ramzlaridir. Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas. Davlatning poytaxti ham o‘zgarib turishi mumkin. Va nihoyat, konstitutsiya ham davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning konstitutsiyasi yo‘q, ammo u davlatlik sifatlarini yo‘qotgan emas. Konstitutsiyalar paydo bo‘lgunga qadar ham davlatlar mavjud bo‘lgan. Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, yondashuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarnirivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o‘zaro ilmiy bahs va munozaralar natijasida shakllanadi. Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon beruvchi jihatlari hisoblanadi. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihatlari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan hamohang tarzda mazmunan boyib boradi, eski funksiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilmalar va funksiyalar vujudga kelaveradi. Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, mazkur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.
Davlatning muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetga egaligidir. Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro maydonda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat – bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi – uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustunligi va ulardan mustaqilligidir.Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi: – ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi; – davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat organlarin– boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar) ning qarorlarini bekor qila olishi. Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun majburiy qonunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi. Shunday qilib, davlat – majburlov choralarini qo‘llashda qonuniy huquqqa ega bo‘lgan, tashkiliy rasmiylashgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridik tartib amal qiladigan muayyan hududda yashaydigan aholini o‘z qamroviga olgan siyosiy tashkilot. Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ommaviy-siyosiy tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyat a’zolari irodasining hukmron ijtimoiy qatlam (sinf) irodasiga bo‘ysundirilishidadir. Davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning bir turi bo‘lib, davlat-huquqiy tashkilotlar(organlar)da mujassamlashadi va jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Davlat va huquq davlat hokimiyatini rasmiylashtiruvchi, amalga oshirilishini ta’minlovchi ijtimoiy institutlardir6.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, davlatning mavjudligi uning ramzlari bo`lmish bayrog`I, gerbi, madhiyasi va konstitutsiyasining mavjudligida emas, hattoki konstitutsiyasi mavjud bo`lmagan davlat ham mavjud va u o`zining davlat maqomini yo`qotmagan. Davlatning mavjudligini ifodalaydigan eng muhim narsa bu uning suvereniteti ya`ni u davlatning mustaqilligidir. Tashqi va ichki masalalarda mustaqil qaror qabul qilishi uchun u davlat o`z suverenitetiga ega bo`lishi lozim.



Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling