Aksiyadorlar turlari


Download 4.49 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi4.49 Kb.
#1829391
Bog'liq
Aksiyadorlar jamiyati

AKSIYADORLAR TURLARI

Here is where your presentation begins

Reja:

Akyisa haqida

Aksiyadorlar jamiyati

Akyisa haqida

Izoh

Aksiya (lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. 

Ma`lumotlar:

Aksiya chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. Aksiya dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. Aksiya bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. Aksiya davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi.

Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:

1) mulkiy huquq.

2) nomulkiy huquq.

Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi:

1. Ovoz berish.

2. Kapitalni oʻsishi.

3. Qoʻshimcha imtiyozlar.

4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.

5. Mulkka egalik qilish huquqi[3].

Aksiyadorlar jamiyati

Aksiyadorlar jamiyati

daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:

Turlari:

  • Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.
  • Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi.

Korxonani ma`muriy tuzilishi


Yuqori
Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi
Aksiyadorlar majlisi
boʻlinmalar boshqarmasidan iborat
direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini

Vazifasi

Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.


Download 4.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling