Mavzu: Monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oqibatlari va faoliyat uchun javobgarlik
Download 5.56 Kb.
|
Мустакил иш бизнес
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiyadorlik jamiyati shakllari
Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlari. Sho’ba va qaram jamiyatlarAksiyadorlik jamiyati tushunchasiDaromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar.Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarni tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O’RQ-370-sonli yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuni, 3-modda.Aksiyadorlik jamiyati shakllariYopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi. Sho’ba va qaram jamiyatlar Shoʻba jamiyati — huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati. Shoʻba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik shaxslarning turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan xo‘jalik shirkatlari, jamiyatlari keng miqyosda tarqaladi. Shunday holat ham yuz berishi mumkinki, bitta yuridik shaxsning ta’sischilari (ishtirokchilari) boshqa yuridik shaxslarning ta’sischisi bo‘lish darajasiga erishadi. Bunday holatlarda ta’sischi yuridik shaxs (xo‘jalik shirkati yoki xo‘jalik jamiyati) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hal qiluvchi, ya’ni asosiy tashkilot vazifasini bajaradi, u tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar unga nisbatan sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari mavqeyiga ega bo‘ladi. Ushbu jamiyatlarning asosiy xususiyatlari FKning 67, 68-moddalarida har tomonlama ifodalangan. Ustav fondiga hissa qo‘shishda xo‘jalik jamiyatida ishtirok etgan jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyati deyiladi. Ustav fondidagi ishtiroki ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik asosiy xo‘jalik deyiladi.. Xo‘jalik jamiyatida qatnashuvchi jamiyatning biri jamiyat ustav fondining yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, ikkinchi jamiyat qaram xo‘jalik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyat ham yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyatning qaram bo‘lganligi haqida darhol e’lon qilinishi shart (FKning 68-moddasi). Xo‘jaliklarning sho‘ba va asosiy darajaga ega bo‘lishi ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida yoki biri ikkinchisining qarorlariga muvofiq ish tutishi bilan ham ifodalanadi. Sho‘ba jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi. Umumiy qoidaga binoan asosiy va sho‘ba jamiyatlari bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Lekin sho‘ba jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrotlikka uchrasa, asosiy jamiyat subsidiar javob berishi, agar mulkiy zarar ko‘rsa, yetkazilgan zararni qoplashi lozim (FKning 67-moddasi). Download 5.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling