"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
13/62
Jamiyat o'zi joylashtirgan qimmatli qog'ozlar erkin ayirboshlanishi mumkin bo'lgan
aksiyalar beradigan
huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog'ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli
emas.
27-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlari
Aksiyadorlikdorlar:
tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari
reestriga kiritilish;
o'zi haqida depozitariydagi depo hisobvarag'idan ko'chirma olish;
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o'zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlik jamiyatini
boshqarishda ishtirok etish;
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida to'liq va
to'g'ri axborot olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o'z
huquqlarini himoya qilish;
qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning uquvsiz yoki g'arazli xatti-
harakatlari tufayli ko'rgan zararning to'lanishini
talab qilish;
o'z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga
birlashish;
qimmatli qog'ozlar sotib olish vaqtida zarar ko'rish va (yoki) foydaning bir qismini yo'qotish ehtimoli bilan
bog'liq tavakkalchilikni sug'urtalash huquqiga ega.
Aksiyadorlikdorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: