Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

I BO'LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun
hujjatlari
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
9-modda. Sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlari
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi
qonun hujjatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan
tartibga solinadi.
Qishloq xo'jaligi, bank, investitsiya va sug'urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini
xususiylashtirish chog'ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari
qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
3/62
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi
aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog'ida
huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga
ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga
majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo'lga kiritadi. Jamiyat,
agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisob varaqlar
ochishga haqlidir.
Jamiyat o'zining firma nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko'rsatilgan yumaloq
muhriga ega bo'lishi lozim. Muhrda ayni paytning o'zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham
ko'rsatilishi mumkin.
Jamiyat o'z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o'z timsoliga, shuningdek, belgilangan tartibda
ro'yxatdan o'tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir.
Jamiyat Qonun hujjatlarida man etilmagan va ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug'ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta'sis hujjatlarida
faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o'tishga haqlidirlar.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling