Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
7/62
qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta'sis etish, uning ustavini tasdiqlash to'g'risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini
to'lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog'ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan
boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir
ovozdan qabul qilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta'sis etish to'g'risidagi qaror davlat
mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo'lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
12-modda. Jamiyatning muassislari
Aksiyadorlikdorlik jamiyatini tuzish to'g'risidagi ta'sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar
aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
jamiyat muassislari bo'lishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog'liq
majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo'ladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bog'liq bo'lgan
majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida
ma'qullangan taqdirdagina javobgar bo'ladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ
uning muassisi bo'ladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari o'rtasida aksiyalarni taqsimlash ta'sis hujjatiga muvofiq amalga
oshiriladi.
13-modda. Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi)
Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi):
aksiyadorlik jamiyatini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aksiyadorliklarga ortiqcha obuna qabul qilingan
taqdirda ustav fondi tegishli ravishda ko'paytiriladi;
ta'sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlarini hamda ularning sonini belgilaydi; jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish
komissiyasini saylaydi;
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Ta'sis yig'ilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qo'shgan hissalarga muvofiq o'tkaziladi.
Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta'sis shartnomasini
o'zgartirish to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha
muassislarning roziligi talab etiladi.



Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling