Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
8/62
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta'sis yig'ilishi o'tkazilmaydi.
14-modda. Jamiyatning ta'sis hujjatlari
Ta'sis yig'ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ
tasdiqlaydigan emissiya ma'lumotnomasi ham ta'sis hujjati hisoblanadi.
15-modda. Jamiyatning ustavi
Jamiyatning ustavida quyidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim:
firmaning to'liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili);
faoliyat sohasi (asosiy yo'nalishlari), maqsadi va muddatlari;
ustav fondining miqdori;
ustav fondini ko'paytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;
jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a'zolarining soni, ularni saylash tartibi, bu
organlarning vakolatlari;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi;
jamiyat tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari. Jamiyat ustavida bitta aksiyadorga tegishli
bo'lgan aksiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qo'yilishi mumkin.
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa qoidalar ham bo'lishi mumkin.
Jamiyat aksiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan
muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan, unga doir o'zgartishlar va qo'shimchalar bilan tanishib
chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan
nusxa olib berishi shart.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling