Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari
tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa
kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo'lishi lozim.
6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Qatnashchilari o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi
mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga va qonun hujjatlarining
talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o'tkazishga haqli, jamiyat ustavida
va qonun hujjatlarida yopiq obunani o'tkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan hollar bundan mustasno.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Aksiyalar faqat o'z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan
aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Bunday jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga yoxud ularni cheklanmagan
doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik
jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo'lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib
ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan
ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro'yxatga olingan kundan e'tiboran olti oy ichida ochiq


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
5/62
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni
uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga
mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning
boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, ega bo'ladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o'z
imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish
uchun imtiyozli huquqqa ega bo'lishi uning ustavida ko'zda tutilishi mumkin.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat
ustavida belgilab qo'yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo'yilgan paytdan
boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko'p bo'lishi mumkin emas.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling