Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular o'zlarini tashkil etgan jamiyat
tomonidan mol-mulk bilan ta'minlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish ko'radi.
Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida
ish ko'radi.
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bo'ladi.
Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari to'g'risida ma'lumotlar berilgan bo'lishi kerak.
Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir ma'lumotlar o'zgarishi munosabati bilan uning ustaviga
kiritilgan o'zgartishlar to'g'risidagi axborot yuridik shaxslarni davlat ro'yxatiga oluvchi organga ma'lumot
tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur o'zgartishlar ma'lum qilingan paytdan boshlab uchinchi
shaxslar uchun kuchga kiradi.
Jamiyat tomonidan O'zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish,
agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa,
filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-modda. Sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlari
Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlariga ega bo'lishi mumkin. Sho'ba
xo'jalik jamiyati o'zining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi. Sho'ba xo'jalik jamiyatiga
bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday ko'rsatmalarni bajarish
uchun sho'ba jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho'ba jamiyati bilan solidar javobgar bo'ladi.
Asosiy jamiyatning sho'ba xo'jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni berish huquqi sho'ba
xo'jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shu'ba xo'jalik jamiyatining ustavida ko'zda tutilgan
taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Sho'ba xo'jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) bo'lib qolgan hollarda asosiy jamiyat
sho'ba xo'jalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi. Asosiy jamiyat sho'ba xo'jalik
jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan
bilib, yuqorida aytilgan o'z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan sho'ba xo'jalik jamiyatining shunday
harakatlarni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan hollardagina sho'ba xo'jalik jamiyatining nochorligi
(bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.



Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling