70-modda. Jamiyat aksiyadorlari
umumiy yig'ilishining kun
tartibiga takliflar kiritish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida bir foiziga ega bo'lgan jamiyat aksiyadorlari
(aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzog'i bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida
bundan kechroq muddat belgilanmagan bo'lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi kun tartibiga
masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu
organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko'rsatishga haqli.
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga masala uni qo'yish sabablarini, masalani taklif
etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini ko'rsatgan
holda yozma ravishda kiritiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko'rsatish, shu jumladan
o'zining nomzodini ko'rsatish to'g'risida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat
aksiyadori bo'lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko'rsatgan
aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko'rsatiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko'rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida
belgilangan muddat tugaganidan so'ng uzog'i bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi
kun tartibiga kiritish to'g'risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi
shart. Aksiyadorlikdor (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga,
shuningdek ko'rsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga)
saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan
mustasno:
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan bo'lsa;
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz
Do'stlaringiz bilan baham: |