Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

67-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining
sirtdan ovoz berishni o'tkazish yo'li bilan
(so'rov yo'li bilan) qabul qilinadigan qarori
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig'ilishining qarori yig'ilishni o'tkazmagan holda jamiyat
ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni o'tkazish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinishi
mumkin.
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha sirtdan ovoz
berishni o'tkazish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
35/62
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilingan
qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida yetmish besh
foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan bo'lsa, haqiqiy hisoblanadi.
Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan
foydalangan holda o'tkaziladi. Aksiyadorlikdorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat
byulletenlarni qabul qilishni to'xtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.
Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul
qilingan qaroriga veto qo'yishga haqli.
68-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy
yig'ilishida ishtirok etish huquqi
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi
o'tkaziladigan rasmiy e'lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari
reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo'ladi.
Aksiyadorlikdorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish
uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestriga kiritilganligi to'g'risidagi axborotni taqdim etishi
shart.
Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reestriga o'zgartirishlar mazkur reestr tuzilgan sanada unga
kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reestrni tuzishda yo'l qo'yilgan xatolar
tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling