Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
44/62
o'tkazilishi mumkin emas.
83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi
a'zolarini saylash, tayinlash
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.
Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining a'zolari kuzatuv kengashiga saylanishlari,
tayinlanishlari mumkin emas.
Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo'yicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning
kuzatuv kengashi a'zolari bo'lishi mumkin emas.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo'yiladigan talablar jamiyat ustavi
bilan yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qo'yilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan
belgilab qo'yiladi.
Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlari soni besh yuzdan
ortiq bo'lgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti a'zodan kam
bo'lishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlari soni bir
mingdan ortiq bo'lgan jamiyat uchun esa to'qqiz a'zodan kam bo'lishi mumkin emas.
Aksiyadorlikdor o'ziga tegishli aksiyalar bo'yicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga
to'liq berishga yoki bir nechta nomzod o'rtasida taqsimlashga haqlidir.
Eng ko'p ovoz to'plagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga
saylanishi lozim bo'lgan shaxslar soniga ko'paytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta
nomzodga to'liq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar o'rtasida taqsimlashga haqlidir.
Davlat vakili lavozimiga ko'ra jamiyat kuzatuv kengashining a'zosi bo'lib, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi
tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling