"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
41/62
yuzasidan ovoz berish o'tkazilgan
taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to'g'risidagi ma'lumot aks
ettirilgan bo'lib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilishi lozim.
78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida
ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo'yicha
ehtimol tutilgan
ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo'lsa, o'sha masala bo'yicha berilgan ovozlar hisobga
olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda to'ldirilgan ovoz berish byulletenlari
haqiqiy emas deb topiladi va
ulardagi masalalar bo'yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo'yilgan bir necha masala aks ettirilgan bo'lsa, bir yoki bir necha
masalaga nisbatan yuqorida ko'rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning
umuman haqiqiy emas
deb hisoblanishiga sabab bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: