"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
48/62
tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial
ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi o'z
huquqlarini amalga oshirishda va o'z burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko'zlab
ish tutishlari
lozim.
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial
ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot
yoki boshqaruvchi qonun
hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.
Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi bo'lgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki
bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv,
direktsiya) a'zolari javobgar bo'lmaydi.
Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo'lsa, ularning jamiyat
oldidagi javobgarligi
solidar hisoblanadi.
Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi bo'lib kamida bir foiziga ega bo'lgan aksiyador
(aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashni da'vo qilib kuzatuv kengashi a'zosi,
yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zosi,
shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: