Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

VIII BO'LIM. JAMIYaTNING
YIRIK BITIMLAR TUZIShI
89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq yirik bitimlar
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq yirik bitimni
tuzish
89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi
yoki uni tasarrufidan chiqarishi
bilan bog'liq yirik bitimlar
Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh
foizidan ortiq qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq
yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog'liq bitim yoki
o'zaro bog'langan bir necha bitim, oddiy xo'jalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar
bundan mustasno;
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan ko'prog'ini


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
49/62
tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli
aksiyalarni joylashtirish bilan bog'liq bir yoki o'zaro bog'langan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bo'lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga
oshiriladi.
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi
yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan
bog'liq yirik bitimni tuzish
Qiymati bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining
yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo'lgan yirik bitim tuzish
to'g'risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining
tarkibdan chiqib ketgan a'zolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim
tuzish to'g'risidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig'ilishi hukmiga
havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan
ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning
umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling