"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
50/62
Jamiyat kuzatuv kengashi a'zosi, jamiyatning o'zga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, o'zining
tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan ko'proq
foiziga ega bo'lgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari),
ota-onalari,
farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:
jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri bo'lsa yoki unda vakil
yoxud vositachi sifatida
qatnashayotgan bo'lsa;
bitimning tomonlaridan biri bo'lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs
aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham ko'proq foiziga ega bo'lsa;
bitimning tomonlaridan biri bo'lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs
boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi bo'lsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar
deb hisoblanadilar.
92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan
manfaatdorlik to'g'risidagi axborot
Ushbu Qonunning 91-moddasida ko'rsatib o'tilgan shaxslar:
yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga
mustaqil tarzda yoki o'zlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega bo'lsalar,
shu yuridik
shaxslar to'g'risidagi;
yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bo'lsalar, shu yuridik shaxslar
to'g'risidagi;
tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bo'lsa,
o'zlariga ma'lum bo'lgan ana shu bitimlar to'g'risidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi,
taftish
komissiyasi (taftishchisi) e'tiboriga yetkazishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: