Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.
Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo'lishi lozim.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o'z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng
kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni
joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma
foizidan oshmasligi lozim.
Jamiyat ta'sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o'rtasida joylashtirilgan bo'lishi kerak.
20-modda. Ustav fondining miqdori*
Aksiyadorlikdorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha to'rt yuz ming AQSh dollariga teng bo'lgan
summadan kam bo'lmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondini ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko'p muddati,
agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
21-modda. Jamiyatning ustav fondini ko'paytirish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li
bilan ko'paytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish va jamiyat ustaviga
tegishli o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki, agar
jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv
kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo'lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan
qabul qilinadi.
Qo'shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e'lon qilingan aksiyalar soni
doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini ko'paytirish to'g'risidagi qaror
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki, bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga
muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan
bo'lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.



Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling