Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
Download 172.44 Kb. Pdf ko'rish
|
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish
- "Ozkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz 18/62
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
17/62 IV BO'LIM. AKTsIYaLAR VA BOShQA QIMMATLI QOG'OZLARNI JOYLAShTIRISh 35-modda. Aksiyadorliklarni tarqatish (sotish) 36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish 37-modda. Aksiyadorliklarning joylashtirish bahosi 37-1-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga o'zgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari a'zolari tomonidan aksiyalarni olinishi 38-modda. Aksiyadorliklarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarning joylashtirish bahosi 39-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlash 40-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi 41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi 42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar 43-modda. Aksiyadorliklarni yiriklashtirish va maydalash 44-modda. Aksiyadorlikdorlar talabiga binoan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi 45-modda. Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi 46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash 36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli. "O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz 18/62 Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga o'zgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi. Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi, jamiyat ustavida bu xususda ko'rsatmalar bo'lmasa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarini joylashtirish uslubi to'g'risida ko'rsatma bo'lmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin. Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bo'lgan hollar belgilab qo'yilishi mumkin. Download 172.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling