Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
17/62
IV BO'LIM. AKTsIYaLAR VA BOShQA
QIMMATLI QOG'OZLARNI JOYLAShTIRISh
35-modda. Aksiyadorliklarni tarqatish (sotish)
36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish
37-modda. Aksiyadorliklarning joylashtirish bahosi
37-1-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga o'zgartirilayotgan
davlat korxonalari mehnat jamoalari a'zolari tomonidan
aksiyalarni olinishi
38-modda. Aksiyadorliklarga ayirboshlanadigan qimmatli
qog'ozlarning joylashtirish bahosi
39-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan
qimmatli qog'ozlarni
joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlash
40-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan
qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini
amalga oshirish tartibi
41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi
42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan
sotib olinishidagi cheklashlar
43-modda. Aksiyadorliklarni yiriklashtirish va maydalash
44-modda. Aksiyadorlikdorlar talabiga binoan jamiyatning
aksiyalarni qaytarib sotib olishi
45-modda. Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga tegishli aksiyalarni
jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini
amalga oshirish tartibi
46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash
36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq va
yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
18/62
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli
qog'ozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha
tarzda taklif etishga haqli emas.
Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga o'zgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi
mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat
aktivlari hisoblanadi.
Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni
joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi, jamiyat ustavida bu
xususda ko'rsatmalar bo'lmasa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat
ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga
ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarini joylashtirish uslubi to'g'risida ko'rsatma bo'lmasa, joylashtirish
faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishi qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli
qog'ozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bo'lgan hollar belgilab qo'yilishi mumkin.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling