"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
24/62
to'liq axborotga ega bo'lgan va uni sotib olishga majbur bo'lmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib
olishga rozi bo'lishi mumkin.
Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq
qaytarib sotib
olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish shart bo'ladi.
Davlatning o'zi jamiyat aksiyalarining egasi bo'lgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.
Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qog'ozlardan iborat bo'lib,
ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam e'lon qilib turilgan
bo'lsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish
narxi yoki talab narxi va
taklif narxi e'tiborga olinishi lozim.
V BO'LIM. AKTsIYaDORLAR ReeSTRI
VA AKTsIYaLARNI SAQLASh
47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestri
48-modda. Depo hisobvarag'idan ko'chirma
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini
shakllantirish shartlari va tartibi
50-modda. Jamiyat aksiyadorlari
reestrini shakllantirish
tartibini buzganlik uchun javobgarlik
51-modda. Qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchisi
52-modda.
Aksiyadorliklarni saqlash
47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestri
Jamiyat aksiyadorlari reestri ro'yxatdan o'tkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga
ko'ra
shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi,
shuningdek reestrda
ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan
ro'yxatidir.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog'ozlar
egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko'ra markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini
bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar jamiyatga nisbatan "oltin aksiya"ni joriy etish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa,
jamiyat
aksiyadorlari reestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Aksiyadorlikdorning aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent