Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
25/62
tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni
amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan reestri
asosida amalga oshiriladi.
Shakllantirilgan va markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reestriga o'zgartirishlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish uchun depozitariylar:
reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi;
reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yo'llash hamda
reestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga bo'lgan huquqlari hisobga olinishini;
reestrga o'zgartirishlar kiritilishiga sabab bo'ladigan hujjatlarni va barcha faktlar to'g'risidagi hamda
depozitariylarning bunday o'zgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to'planishi va saqlanishini ta'minlamog'i lozim.
Jamiyat aksiyadorlari reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan har bir shaxs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni
va turlari to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlar
ko'rsatiladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar
aksiyadorlari reestrlari shakllantirilishini ta'minlashi va shakllantirilgan reestrlarni saqlashi shart;
jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran bir oydan kechiktirmay markaziy ro'yxatdan
o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.
Aksiyadorlikdor o'z aksiyalariga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi
depozitariyni o'ziga oid ma'lumotlardagi o'zgarishlar haqida o'z vaqtida xabardor qilishi shart. U o'ziga oid
ma'lumotlar o'zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga
yetkazilgan zarar uchun markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysi va aksiyadorning o'z aksiyalariga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat
ko'rsatuvchi depozitariy javobgar bo'lmaydi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling