jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lgan aksiyadorlar:
jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-
moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti
aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki ko'rsatib o'tilgan bitimni tuzish to'g'risida qaror qabul qilinishiga qarshi
ovoz bergan bo'lsalar yoxud bu masalalar bo'yicha ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan
bo'lsalar;
jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilganda yoki
jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti
aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo'lsalar yoki ovoz berishda uzrli
sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsalar, o'zlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi
jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
O'zlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan
aksiyadorlar ro'yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab
qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yig'ilishda
qatnashish huquqiga ega bo'lgan jamiyat aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.
Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati bo'yicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chog'ida jamiyatning
aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab bo'ladigan
harakati natijasida uning qiymati o'zgarishi hisobga olinmaydi.
45-modda. Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga tegishli
aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini
talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |