Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
23/62
Jamiyat aksiyadorlarni o'zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi
borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish
huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish
to'g'risida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib o'tilgan
ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida qatnashish
huquqiga ega bo'lmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi
borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib
olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo'lgan qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kechi
bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.
Aksiyadorlikdorning o'ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to'g'risidagi yozma talabi aksiyadorning
yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini
ko'rsatgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi to'g'risidagi talablari
aksiyadorlar umumiy yig'ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e'tiboran kechi bilan 45 kun ichida
jamiyatga taqdim qilinmog'i lozim.
Ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatib o'tilgan muddat tugaganidan so'ng jamiyat qaytarib sotib
olish talabini qo'ygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.
Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib
sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda
umumiy yig'ilish o'tkazilishi to'g'risidagi xabarda ko'rsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni
qaytarib sotib olishga ajratadigan mablag'larning umumiy summasi aksiyadorlarda o'zlariga qarashli
aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo'lgan qaror qabul
qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o'n foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib
olish talabi qo'yilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan
holda qaytarib sotib olishi mumkin bo'lgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan
aksiyalar qo'yilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chog'ida
muomaladan chiqariladi.
Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar
jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog'ida
hisobga olinmaydi, ular bo'yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan
e'tiboran uzog'i bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi
mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yo'li bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida
qaror qabul qilishi kerak.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling