"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
15/62
u, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni to'liq miqdorda to'lamaslik to'g'risida qaror
qabul qilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishidan keyingi yig'ilishdan e'tiboran umumiy yig'ilishning
vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo'yicha aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqi
bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egasi bo'lmish
aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo'yicha
jamg'arilib qolgan barcha dividendlar to'liq miqdorda to'langan paytdan boshlab to'xtatiladi.
Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarni odatdagi aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi
nazarda tutilgan bo'lsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha ovoz berish huquqini nazarda
tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aksiya egasi o'ziga qarashli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi
mumkin bo'lgan odatdagi aksiyalar bo'yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega
bo'ladi.
30-modda. Aksiyadorliklarga bo'lgan huquqlarning o'tishi
Aksiyadorliklarga bo'lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarag'iga tegishli kirim yozuvi
belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlik bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qog'ozga bo'lgan
huquqlar o'tgan paytdan e'tiboran o'tadi.
32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari
va boshqa qimmatli qog'ozlari
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni jamiyat o'z ustaviga
muvofiq joylashtirishga haqli.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas.
33-modda. Jamiyatning aksiyalari va
Do'stlaringiz bilan baham: |