"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
12/62
yig'ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aksiyalar egalariga dividendlarni,
shuningdek, jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo'yilgan mablag'larni,
birinchi navbatda, olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o'z
egalariga
jamiyat foyda ko'rish-ko'rmasligidan qat'iy nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo'yicha dividendlar to'lash tartibi qonun
hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.
24-1-modda. Oltin aksiya
"Oltin aksiya" - ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo'lib, u
strategik ahamiyatga ega bo'lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik
jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O'zbekiston
Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya
qilinishini ta'minlaydi.
"Oltin aksiya" qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qo'yilmaydi,
ustav fondi
miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
"Oltin aksiya" ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan
aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning "oltin aksiya"dan foydalanish tartibi O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
"Oltin aksiya" aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda
davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy
yig'ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi
birinchi qismining ikkinchi-
to'rtinchi, yettinchi, sakkizinchi, o'n sakkizinchi, o'n to'qqizinchi xatboshilarida, shuningdek, 82-moddasi
birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi-yigirma to'rtinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalar
bo'yicha veto qo'yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo'yish ushbu qarorlar qabul
qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: