Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

39-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga
ayirboshlanadigan qimmatli
qog'ozlarni joylashtirishda
aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlash
Agar jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to'lanadigan
qimmatli qog'ozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo'lmish
aksiyadorlar bunday qimmatli qog'ozlarni o'zlari ega bo'lgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib
miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.
Aksiyadorliklar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar haqi pul bilan to'langan
ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qo'llamaslik to'g'risidagi qaror,
shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati to'g'risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishida
ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
Aksiyadorliklarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish
huquqini qo'llamaslik to'g'risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorida belgilangan muddat
davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran ko'pi bilan bir yil davomida amal qiladi.
Aksiyadorliklarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni imtiyozli olish
huquqiga ega bo'lgan shaxslarning ro'yxati ushbu qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror qabul


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
20/62
qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.
Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini
olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
40-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling