Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

37-modda. Aksiyadorliklarning
joylashtirish bahosi
Jamiyatning aksiyalariga haq to'lash bozor qiymatida amalga oshiriladi.
Jamiyatni ta'sis etish vaqtida uning aksiyalari haqini to'lash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning
nominal qiymati bo'yicha amalga oshiriladi.
Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:
jamiyatning qo'shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo'lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular
oddiy aksiyalarni bozor qiymatining to'qson foizidan past bo'lmagan narxda sotib olishdan iborat o'z
imtiyozli huquqlarini ro'yobga chiqargan hollarda;
qo'shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko'pi bilan bunday
aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon
bo'lganida.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati bo'yicha
joylashtiriladi va bu hol emissiya ma'lumotnomasida qayd qilinadi.
37-1-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
19/62
o'zgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat
jamoalari a'zolari tomonidan aksiyalarni olinishi
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a'zolari qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to'lab ustav fondidagi tegishli ulushdan aksiyalar
sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
38-modda. Aksiyadorliklarga ayirboshlanadigan
qimmatli qog'ozlarning joylashtirish bahosi
Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ularning bozor qiymati bo'yicha joylashtiradi,
quyidagi hollar bundan mustasno:
odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar odatdagi aksiyalarning egalari bo'lmish
aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qog'ozlarni bozor qiymatining to'qson foizidan
kam bo'lmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini ro'yobga chiqarsalar;
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor
bahosidan ko'pi bilan bunday qimmatli qog'ozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan
vositachilik haqi miqdorida arzon bo'lishi.
Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini to'lashni yoki aksiyaga
ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq
etilmaydi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling