qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib
olish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to'lanadigan qimmatli
qog'ozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari
egalari bo'lmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan o'z huquqlarini amalga
oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.
Xabarnomada aksiyalarning va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarning
joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari o'zlarining
bunday qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning
aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli bo'lgan qimmatli qog'ozlarning
sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni ro'yobga
chiqarish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim.
Aksiyadorlikdor aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib
olishi to'g'risida o'zining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli
qog'ozlarning soni ko'rsatilgan yozma ariza va haq to'laganlik to'g'risidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib,
o'zining imtiyozli huquqini to'la yoki qisman ro'yobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi
aksiyalarga ayirboshlanadigan qo'shimcha aksiyalar va qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanadigan
sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.
41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan
aksiyalarni sotib olishi
Jamiyat aksiyadorlar umumiy yig'ilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan bo'lsa, joylashtirilgan
aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida
ularning bir qismini sotib olish yo'li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risidagi qaroriga
muvofiq o'zining joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishga haqlidir.
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan
eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo'lsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini
kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo'li bilan ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror
qabul qilishga haqli emas.
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib
olish yo'li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risida qabul qilgan qaror asosida jamiyat
tomonidan sotib olingan aksiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |