Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
21/62
Aksiyadorliklarni sotib olish to'g'risidagi qarorda sotib olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat sotib
oladigan har bir turdagi aksiyaning soni, sotib olish narxi, aksiyalar haqini to'lash shakli va muddati,
shuningdek aksiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qo'yilishi lozim.
Agar jamiyatning ustavida o'zgacha tartib belgilanmagan bo'lsa, aksiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul
bilan haq to'lanadi. Aksiyadorliklarni sotib olish muddati 30 kundan kam bo'lmasligi kerak. Jamiyat
tomonidan oddiy (odatdagi) aksiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.
Sotib olish to'g'risida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aksiyalarning egasi bo'lmish har bir
aksiyador ko'rsatib o'tilgan aksiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar
jamiyatning sotib olishi to'g'risida ariza tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan
cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin bo'lgan aksiyalarning sonidan ortib ketsa,
aksiyadorlardan arizada ko'rsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar sotib olinadi.
Aksiyadorliklar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan
turdagi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu
moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar bo'lishi lozim.
Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.
Jamiyat tasarrufiga o'tgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga
olinmaydi, ular bo'yicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga o'tgan
paytdan e'tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aksiyadorlarning umumiy
yig'ilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilishi lozim
Ushbu moddaning to'qqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aksiyalar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarini olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki
qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokichlari orqali amalga oshiriladi.
Jamiyat o'zi chiqargan aksiyalar bo'yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek
o'zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling