Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Depo hisobvarag'idan ko'chirma


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

48-modda. Depo hisobvarag'idan ko'chirma
Depo hisobvarag'idan ko'chirma aksiyadorning aksiyalarga bo'lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy
tomonidan beriladigan hujjatdir.
Aksiyadorlikdorga uning aksiyalarga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi
depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo
hisobvarag'idan ko'chirma berishi shart. Qimmatli qog'ozlar egasi depo hisobvarag'idan ko'chirmaga o'ziga
oid bo'lmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qog'ozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli
qog'ozlarning soni to'g'risidagi axborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.
Depo hisobvarag'idan ko'chirma bergan shaxs unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'liqligi va to'g'riligi
uchun javobgardir. Depo hisobvarag'idan ko'chirma berishtartibi, ko'chirmaning shakli va mazmuniga oid
talablar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
26/62
qo'yiladi.
Davlat vakiliga depo hisobvarag'idan ko'chirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini
shakllantirish shartlari va tartibi
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qog'ozlar bozorini
tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining topshirig'i asosida markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi
vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reestrning
qaysi sanaga shakllantirilishi reestrni shakllantirish to'g'risidagi topshiriqda ko'rsatiladi.
Aksiyadorlikdorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reestrini shakllantirish to'g'risidagi topshiriqlarda imzo
qo'yish huquqiga ega bo'lgan shaxslar haqida markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda
xabardor qilishi shart.
Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash to'g'risidagi
tegishli qaror ilova qilingan holda, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi
tomonidan markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi
vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi reestrni shakllantirish rad etilganligi
to'g'risidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan e'tiboran besh kundan
kechiktirmay yuboradi.
Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling