Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik
bo'lgan bitimni tuzish tartibiga
qo'yiladigan talablar
Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to'g'risidagi qarorni kuzatuv
kengashi uni tuzishdan manfaatdor bo'lmagan kuzatuv kengashi a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul
qiladi.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to'g'risidagi qarorni ovoz beruvchi
aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bo'lmagan
aksiyadorlarning ko'pchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
agar bitim bo'yicha to'lanadigan haq summasi va bitimga sabab bo'lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari
qiymatining besh foizidan ortiq bo'lsa;
agar bitta bitim va (yoki) o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki
ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qog'ozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz
beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bo'lsa.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
51/62
Agar tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitim bo'yicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan bo'lsa,
bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy
yig'ilishi qarori talab etilmaydi.
Jamiyat bilan boshqa tomon o'rtasidagi xo'jalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan,
tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo bo'lishi mumkin bo'lgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy
yig'ilishi o'tkazilgan sanada aniqlashning iloji bo'lmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi jamiyat
bilan o'zga shaxs o'rtasida tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng ko'p
miqdorini ko'rsatib, shartnoma munosabatlari o'rnatish to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu
modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining barcha a'zolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan
manfaatdor bo'lmagan aksiyadorlar ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining
qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi
bilan bog'liq yirik bitim bo'lsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII bo'limining qoidalari qo'llaniladi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling