"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
49/62
tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga
ayirboshlanadigan imtiyozli
aksiyalarni joylashtirish bilan bog'liq bir yoki o'zaro bog'langan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bo'lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga
oshiriladi.
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi
yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan
bog'liq yirik bitimni tuzish
Qiymati bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining
yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo'lgan
yirik bitim tuzish
to'g'risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining
tarkibdan chiqib ketgan a'zolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan
hollarda yirik bitim
tuzish to'g'risidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig'ilishi hukmiga
havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan
ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to'g'risidagi
qaror aksiyadorlarning
umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: