"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
56/62
zarur tadbirlarni amalga oshiradi.
103-modda. Tugatilayotgan jamiyat
mol-mulkini aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo'linganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki
tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o'rtasida quyidagi navbat bo'yicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bo'lgan aksiyalar
bo'yicha to'lovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha yozilgan, biroq to'lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida
imtiyozli aksiyalar bo'yicha belgilangan tugatish qiymatini to'lash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aksiyalar va barcha turdagi
imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo'yicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi bo'yicha mol-mulk to'liq
taqsimlab bo'linganidan keyin amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to'lanmagan dividendlar va jamiyat ustavida
belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish barcha aksiyadorlarga
to'lash uchun yetarli bo'lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari bo'lmish
aksiyadorlar o'rtasida ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining o'zi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga
haqlidir.
104-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvlarni kiritib
qo'ygan paytdan e'tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni
jamiyat qimmatli qog'ozlari chiqarilishlarining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi bekor qilinganidan
keyingina kiritadi
Do'stlaringiz bilan baham: |