Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

100-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xo'jalik jamiyati
yoki shirkatiga aylanishga haqli.
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hukmiga jamiyatni
qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.
Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi qayta tuzish to'g'risida, qayta tuzishni
amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga
keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari o'zlarining qo'shma majlislarida uning ta'sis
hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash
(tayinlash) to'g'risida qaror qabul qiladilar.
Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari o'tkazish
dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
55/62
101-modda. Jamiyatni tugatish
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o'tmagan
holda jamiyat faoliyatining to'xtatilishiga olib keladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar
umumiy yig'ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to'g'risidagi masalani havola
etadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi tugatish to'g'risida va
tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi
Aksiyadorlikdorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e'tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo'yicha barcha vakolatlar
tugatuvchiga o'tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo'lsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning
tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling